Muarrix
https://history.kiut.uz/index.php/fan

Настоящий журнал имеет организационные, экономические, правовые и социальные основы деятельности редакции (далее - редакция) журнала "Muarrix" ("Historian" - "Историк").

Ташкентский международный университет Кимё является учредителем журнала (далее – учредитель). Журнал представляет собой историко-научное и инновационное издание, формата А-4 объемом от 32 до 96 страниц, издается 4 раза в год – на узбекском, английском и русском языках.

В своей деятельности редакция руководствуется Конституцией Республики Узбекистан, законами «О средствах массовой информации», «О принципах и гарантиях свободы информации», «О защите журналистики», другими нормативными правовыми документами и положением, определяющим деятельность журнала.

Журнал является специализированным изданием для областей истории, археологии, антропологии, этнологии, и его основная цель – всесторонне освещать актуальные проблемы в области истории, в полной мере удовлетворять потребности читателей журнала в определении и понимании исторической правды. широко и эффективно использовать возможности журнала. Редакция информирует общество о новостях, происходящих в жизни нашей страны и мировой исторической науки, одновременно в журнале публикуются наиболее актуальные научные статьи по научному направлению нашей страны и мировой исторической науки. При этом редакция следует принципу плюрализма мнений.
Kimyo International University in Tashkentru-RUMuarrix2181-2934ЎЗБЕКИСТОН ССРГА МАЖБУРИЙ КЎЧИРИЛГАН ХАЛҚЛАРНИНГ ИЖТИМОИЙ ҲАЁТИ
https://history.kiut.uz/index.php/fan/article/view/168

Мақолада ХХ асрнинг 30 – 40-йилларида Ўзбекистон ССРга
мажбурий кўчирилган халқлар аҳолисининг ижтимоий ҳаёти, хусусан, таълим
ва маориф билан боғлиқ масалалари ҳамда муаммолари манбалар, адабиётлар
асосида таҳлил этилган.
Мавлуда Рахманова
Copyright (c) 2025 Muarrix
2025-07-082025-07-081210.5281/zenodo.15729716 O‘RTA OSIYO ARXEOLOGIYA KAFEDRASI: O‘QUV JARAYONI, DALA TADQIQOT USULLARI
https://history.kiut.uz/index.php/fan/article/view/166

Ushbu maqolada taniqli arxeolog Mixail Yevgeniyevich Masson
tomonidan asos solingan, O‘rta Osiyodagi birinchi ixtisoslashgan arxeologiya
maktabining ilmiy faoliyati haqida so‘z boradi. Ilmiy maqola O‘rta Osiyo hududida
arxeologiya fanining rivojlanish tarixi va uning zamonaviy holatini tahlil qilishga
bag‘ishlangan. O‘rta Osiyo arxeologiyasi kafedrasining shakllanishi va rivojlanishi
masalalari, shuningdek, kafedrada o‘quv jarayonlari va tadqiqot usullari ko‘rib
chiqiladi.
Komiljon Mirzayev
Copyright (c) 2025 Muarrix
2025-07-082025-07-081210.5281/zenodo.15729574 XIX АСРНИНГ ИККИНЧИ ЯРМИ – XX АСР БОШЛАРИДА ШАРҚИЙ БУХОРО БЕКЛИКЛАРИДА САВДО-СОТИҚ
https://history.kiut.uz/index.php/fan/article/view/164

Мақолада XIX асрнинг иккинчи ярми – XX аср бошларида
Шарқий Бухоро аҳолисининг машғулоти, бекликларида олиб борилган савдо
сотиқнинг ҳолати, бекликлардаги савдо марказлари ва бозорлар, сотиладиган
маҳсулотларнинг турлари ҳамда уларга қўйилган нарх-наволар таҳлил
қилинган. Шунингдек, турли йилларда бекликлар бозорларида сотилган
маҳсулотларнинг баҳоси ва улар ўртасидаги тафовутлар, Россия ва хориждан
келтирилган маҳсулотларнинг турлари, бозорларнинг ихтисослашуви каби
жиҳатлар ўрганилган.
Файзулла Очилдиев
Copyright (c) 2025 Muarrix
2025-07-082025-07-081210.5281/zenodo.15729520 TURKISTONDA SO‘L ESERLAR VA BOLSHEVIKLAR SIYOSIY KURASHINING NAZARIY ASOSLARI
https://history.kiut.uz/index.php/fan/article/view/162

Mazkur maqolada Turkistonda so‘l eserlar va bolsheviklar siyosiy
kurashining nazariy asoslari o‘rganilgan. Bunda Turkiston o‘lkasidagi so‘l eserlar
sovet hokimiyatining dastlabki davrida – 1917-yil noyabrdan to 1919-yil bahorigacha
bolsheviklar bilan hamkorlik qilgani tahlil qilingan. Shuningdek, bolsheviklar
o‘zlarining “ittifoqchilari” bo‘lgan so‘l eserlarni siyosiy hokimiyat uchun kurashda
yanchib tashlagani bilan bog‘liq jihatlar o‘rganilgan.
Safarov Baxtiyor
Copyright (c) 2025 Muarrix
2025-07-082025-07-081210.5281/zenodo.15729428 MA’NAVIY MADANIYATNING RAMZIY BELGILARI
https://history.kiut.uz/index.php/fan/article/view/160

Ushbu maqolada “ramz” tushunchasi, uning diniy va marosimiy
tahlili, turli diniy e’tiqodlarda ramzlarga bo‘lgan munosabat, ularning ma’no va
vazifalari aks etgan. Maqolada muallif Farg‘ona vodiysi o‘zbeklarining oyna ramzi
bilan bog‘liq qarashlarini dunyo xalqlarida mavjud bo‘lgan tasavvurlarga bog‘langan
holda yoritib bergan. Unda asosiy e’tibor nikoh to‘yi marosimlari va qadimiy diniy
e’tiqodlardagi oyna ramzining etnografik talqiniga qaratgan.
Shaxnoza Raximova
Copyright (c) 2025 Muarrix
2025-07-082025-07-081210.5281/zenodo.15814404 19-YUZYILLIKDA TURKISTONDA TIBBIYOT MASALALARINING INGLIZ TILLI “SAFARNOMA”LARDAGI IN’IKOSI
https://history.kiut.uz/index.php/fan/article/view/158

Ushbu maqolada 19-yuzyillikda Turkistondagi tibbiyotning ahvoli
ingliz tilli “Safarnoma”larni tahlil qilish asosida yoritilgan. Maqolada Buxoro amirligi,
Xiva va Qo‘qon xonliklarida uchragan kasalliklar turlari, ularning tabiati, ularni
davolash, dori-darmonlar va tabiblik kasbi bilan shug‘ullanuvchilar haqidagi
ma’lumotlar o‘z aksini topgan.
Shalola Muhiddinova
Copyright (c) 2025 Muarrix
2025-07-082025-07-081210.5281/zenodo.15814350 XIX ASRNING OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA TURKISTONDAGI IJTIMOIY –SIYOSIY FAOL HARAKAT XUSUSIDA AYRIM QARASHLAR TAHLILI
https://history.kiut.uz/index.php/fan/article/view/169

XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston mintaqasida
hukmron bo‘lgan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlar o‘lkada ijtimoiy
siyosiy faol harakatni shakllanishiga xizmat qildi. Maqolada “ma’rifatparvarlar”,
“jadidlar”, “taraqqiyparvarlar”, “islohotchilar”, “istiqlolchilar”, “millat oydinlari”
kabi atamalarga ta’rif bergan holda ularning nima sababdan qo‘llanilganligi tahlil
etildi. Qolaversa, ijtimoiy–siyosiy faol harakat sifatida baholangan jadidchilik
harakatining davriylanishi masalalari xususida ma’lumotlar ham o‘zaro taqqoslandi.
Tadqiqotda Turkiston bo‘ylab keng tarqalgan jadidchilik harakatining hududiy
bo‘linishlari xususiyatlarining ham zarurati ta’kidlandi.
Oybek Klichev
Copyright (c) 2025 Muarrix
2025-07-082025-07-081210.5281/zenodo.15729755 НАУКА В УЗБЕКИСТАНЕ В ПЕРИОД ВТОРОЙ МИРОВОЙ ВОЙНЫ
https://history.kiut.uz/index.php/fan/article/view/167

В статье, основанной на архивных материалах и научной
литературе, описывается история развития науки в Узбекистане в годы войны
(1941-1945 гг.), переориентировка их функций, направленных на исследования
по военной тематике и выполнение военных задач. Также подробно освещается
процесс эвакуации научных учреждений с прифронтовой полосы и их
взаимодействие с местными учреждениями и учеными.
Мадина Абдурахманова
Copyright (c) 2025 Muarrix
2025-07-082025-07-081210.5281/zenodo.15729654 МУҲАММАД ХОРАЗМИЙ ОНАДЎЛИ ЎЛКАСИ – ТАРИХИЙ ТУРКИЯ ЮРТИ ТЎҒРИСИДА
https://history.kiut.uz/index.php/fan/article/view/165

Мақолада туронлик улуғ қомусий олим Муҳаммад
Хоразмийнинг (783 – 850) асарларида тарихий Онадўли ўлкаси хусусида
берилган маълумотлар таҳлил қилинади. Бунда Онадўлида юз берган сиёсий
воқеа-ҳодисалар, ўлканинг жуғрофияси, аҳолиси ва унинг ижтимоий ҳаёти
тўғрисидаги турли қайдлар муаммовий тарзда ўрганилади. Мақолани ёзишда
Хоразмийнинг асарларида келтирилган Онадўли тўғрисидаги деярли барча
маълумотлар тадқиқот доирасига тортишга ҳаракат қилинган. Тадқиқот
натижасида Хоразмийнинг асарлари Турон ва Онадўли ўртасидаги минг йилдан
кўпроқ давом этаётган тарихий алоқаларни ўрганишда катта аҳамиятга эга
эканлиги очиб берилган.
Ислом Бўриев
Copyright (c) 2025 Muarrix
2025-07-082025-07-081210.5281/zenodo.15729543 АБДУЛЛА АВЛОНИЙ ВА ТУРКИСТОН ЖАДИДЧИЛИГИ
https://history.kiut.uz/index.php/fan/article/view/163

Ушбу мақола Туркистон жадидчилигининг йирик вакили
Абдулла Авлоний ҳаётининг асосий босқичларини тадқиқ қилишга
бағишланган бўлиб, унинг мактабдорлик, матбуотчилик, хайрия жамиятлари
тузиш, театрчилик ва сиёсий фаолияти ҳақида маълумот берилган. Шунингдек,
дарслик яратишдаги жонбозликлари, публицистик фаолияти, “Турон”
кутубхонаси, “Турон” театр гуруҳи тузиш ишидаги иштироки очиқланган.
Мақола архив ҳужжатлари, миллий матбуотдаги мақолалар, Абдулла
Авлонийнинг қариндошлари хотиралари ҳамда тарихий адабиётлар асосида
ёзилган бўлиб, тараққийпарвар ҳақида батафсил маълумот олиш имконини
беради.
Дилноза Жамолова
Copyright (c) 2025 Muarrix
2025-07-082025-07-081210.5281/zenodo.15729486 MILLIY MADANIYATNI TARG‘IB ETISHDA TURKISTON MUZEYLARI KAM O‘RGANILGAN SOHA SIFATIDA (XIX asr oxiri – XX asr boshlari)
https://history.kiut.uz/index.php/fan/article/view/161

Maqolada Rossiya imperiyasining mustamlaka davrida tashkil etilgan
muzeylar faoliyati, unda aks etgan maqsad va vazifalar, milliy madaniyatga bo‘lgan
munosabat masalalari tahlil etilgan. Shuningdek, maqolada XIX asr oxirlarida tashkil
etilgan muzeylarda milliy madaniyat targ‘iboti, uning ortida yashiringan nomoddiy
madaniy merosni ochib berish emas, xalqning madaniy merosining talon-taroj
qilinishiga oid ma’lumotlar o‘rganilgan.
Abduvali Yo‘ldashev
Copyright (c) 2025 Muarrix
2025-07-082025-07-081210.5281/zenodo.15729356 AYOLLAR MIGRATSIYASI: SABABLAR VA OILAVIY MUNOSABATLARDAGI O‘ZGARISHLARGA DOIR BA’ZI MULOHAZALAR
https://history.kiut.uz/index.php/fan/article/view/159

Bugungi globallashuv sharoyitida ayollar oila a’zolarining
qaramog‘ida bo‘lish uchun emas, balki ish topish uchun ko‘proq migratsiya qilishadi.
Aynan shu jarayon migratsiya feminizatsiyasi deb ataladi. Mazkur maqolada ayollar
migratsiyasining oilaviy munosabatlarga ko‘rsatadigan ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy
ta’siri tahlil qilinadi. Xususan, Farg‘ona viloyati hududida o‘tkazilgan so‘rovnomalar,
axborotchilardan olingan intervyular va hayotiy misollar asosida ayollar
migratsiyasining oila tarkibi, oilaviy munosabatlar, oilaviy qadriyatlar saqlanishiga va
bolalar tarbiyasiga bo‘lgan ta’siriga alohida e’tibor qaratilgan.
Shaxlo Komilova
Copyright (c) 2025 Muarrix
2025-07-082025-07-081210.5281/zenodo.15814370 O‘ZBEK SAN’ATI JAHON SAHNALARIDA (XX ASRNING 20 – 30-YILLARI MISOLIDA)
https://history.kiut.uz/index.php/fan/article/view/157

1925-yilda Parijda bo‘lib o‘tgan Butunjahon amaliy san’at
ko‘rgazmasida Tamaraxonim va Muhiddinqori Yoqubov kabi san’atkorlar O‘zbekiston
madaniyatini jahon sahnasida namoyish etdilar. Keyingi yillarda o‘zbek san’atkorlari
Berlin, Moskva, Kavkaz va boshqa hududlarda gastrol safarlarini amalga oshirib,
milliy musiqa va raqs san’atini targ‘ib etdilar. Xususan, 1935-yilda London Xalq
raqslari festivalida Tamaraxonim va Usta Olim Komilov katta muvaffaqiyatga erishib,
xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldilar. Lekin soha vakillarining xizmatlari yetarli
qadrlanmadi. Sovet hukumatining sohada qo‘lga kiritayotgan yutuqlarini ko‘rsatish
maqsadida turli gastrol safarlari uyushtirildi va targ‘ibot-tashviqot ishlari ularning
asosiy faoliyatlaridan ham ustun o‘ringa qo‘yildi.
Saodat Nazarova
Copyright (c) 2025 Muarrix
2025-07-082025-07-081210.5281/zenodo.15814340 АМИР САИД ОЛИМХОН ҲАМДА ФАРЗАНДЛАРИ ТАҚДИРИ
https://history.kiut.uz/index.php/fan/article/view/170

Мақолада Туркистоннинг сўнгги ҳукмдори Амир Саид
Олимхон ҳаёти ва фаолияти, унинг ҳукмдорлик даври ҳамда муҳожирликда
кечган умри, кўп сонли фарзандлари тақдири кўрсатилади. У архив
ҳужжатлари, Амир ва замондошлари хотиралари, ўша давр матбуоти
материаллари ҳамда тарихий тадқиқотлар таҳлили асосида яратилган.
Қаҳрамон Ражабов
Copyright (c) 2025 Muarrix
2025-07-082025-07-081210.5281/zenodo.15729783